Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #5505

Zakovat savoli #5505

Ushbu mashhur bolalar yozuvchisi o’tgan asr boshlarida Britaniyada Norvegiyalik immigrantlar oilasida tug’iladi. Ota-onasi unga mashhur vatandosh sayohatchining nomini berishga qaror qilishadi. II Jahon urushi vaqtida Qirollik Havo Kuchlarida uchuvchi, maxsus agent bo’lib xizmat qilgan. O’z asarlarida ishlatgan so’zlari 250dan oshig’ini o’zi o’ylab topgan. Hatto hozirda uning o’ylab topgan so’zlarining izohli lug’ati Oxford Dictionary Press tomonidan yaratilgan. 10 dan oshiq sahnalashtirilgan asarlari bugungi kunda nafaqat bolalarning balki katta yoshdagilarning ham sevimli kinolaridir. U maktab davrida degustatorlik qilgan bir oziq-ovqat mahsulotini juda yaxshi ko’radi va deyarli juda ko’p asarlarida u haqida yozgan.
Savol: Agar siz muallifning kimligini allaqachon topgan bo’lsangiz bizga uning eng sevimli va uni butun dunyoga mashhur qilgan asari nomini yozib bering?
Javobni ko'rish

Charli va shokolad fabrikasi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar