Zakovat savoli #4300
1966-yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng SSSR rahbari Leonid Brejnev darhol yetib kelgan. O‘zbekiston kompartiyasi markaziy qo‘mitasidagi majlis vaqtida tashqaridan kelgan shovqindan keyin Brejnev “Bu yangi yer silkinishimi?” deb savol beradi. Bunga javoban shovqin PASTdan kelayotganini eshitgach, Brejnev “Sharof Rashidovich, hech qanday zilzila bo‘lmagan ekan” deb hazil qiladi.
Savol: PAST o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering?
Savol: PAST o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering?
Javobni ko'rish
“Paxtakor” stadioni