Zakovat savoli #6996
2021/22-yil mavsumining 13-yanvar oqshomida bo’lib o’tgan Angliya liga Kubogi yarim finalida Liverpul hamda Arsenal jamoalari o’zaro to’qnash kelishadi. Enfildda kechgan bahsning birinchi choragidanoq Arsenal jamoasi bir kishi kam bo’lib qoladi. Natijada o’yinning aksar qismi mersisaydliklarning xujumlari hamda ustunligida o’tsada, o’yinda hisob ochilmaydi. Liverpul futbolchilari juda ko’plab qulay vaziyatlarni boy berishadi. Ayniqsa, yaponiyalik futbolchi Takumi Minamino bir nechta yaqqol gol urish imkoniyatlaridan foydalana olmagach, o’yin sharhlovchisi Konstantin Genich uning familyasini biroz o’zgartirilgan talqinda, o’ziga xos tarzda tarif beradi. Diqqat savol: rus tilidan bilimlaringizni ishga solgan holda, futbolchining o’zgartiligan familyasini aniq yozib bering.
Javobni ko'rish
MinaMimo