Zakovat savoli #37404
Bu shahar paydo bo'lishi haqida turlicha ma'lumotlar bor. Olimlar fikricha, bu joy nomining juda qadimiyligini nazarda tutsak, uning fors tili asosidagi etimologiyasi haqiqatga ancha yaqin. Ma'lumki, turkiy xalqlarning tarix sahnasida paydo bo'lishi shahar mavjudligidan ancha keyin. Olim H.Hasanov bu joy nomining birinchi qismini "yig'in, to'planish" ma'nosini anglatuvchi forscha so'z bilan bog'lab, "to'planish joyi, maslahat qishlog'i" deb, T.Rahmatov esa bu toponimni birinchi komponenti forscha ariq, kanal so'zlari bilan aloqador hisoblab, nomni "ariq yonidagi qishloq" deb izohlaydi.
Shahar nomini ayting?
Shahar nomini ayting?
Javobni ko'rish
Samarqand Manba: "Этимология топонима" va "O'rta Osiyo joy nomlari"(H.Hasanov) kitoblaridan olindi