Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37403

Zakovat savoli #37403

Ayrim tadqiqotchilar bu so'zni "ming" so'zi bilan aloqador bo'lsa kerak deb tahmin qiladi. Olimlardan biri S.Qorayev bu nomni ijtimoiy termin deb izohlaydi va shunday yozadi "O'rta asrlarda 50 ming tanob yer yurtimiz viloyatlaridan birida shunday nomlangan. Chunki ana shu yerlardan olingan daromad bilan ming kishilik qo'shin oziq-ovqat bilan ta'minlanib turishi lozim bo'lgan. Bundan tashqari sizga yordam sifatida ayta olamizki: shu nomda qabila ham bo'lgan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda ular asli mo'g'ullar bilan bog'liq. Ular Chingiz lashkarlari tarkibida bo'lgan. Qabila nomini topsangiz, biz so'rayotgan qishloq nomi ham kelib chiqadi?
Javobni ko'rish

Hazora qishlogʻi Navoiy viloyati Manba: "Этимология топонима" va "O'rta Osiyo joy nomlari" (H.Hasanov) kitoblaridan olindi

Boshqa savollar