Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37210

Zakovat savoli #37210

Abdulaziz Jalilov

Vatikan davlatida yangi Rim papasini saylash jarayoni "Konklav" deb ataladi. Bu so'z lotinchadan tarjima qilinganda "kalit ostida" degan ma'noni anglatadi. Saylov o'tkaziladigan Sistina kapellasi eshiklari tashqaridan qulflanadi va kardinallar qaror qabul qilmaguncha tashqariga chiqishmaydi. Bu qat'iy qoida 1271-yilda joriy qilingan, chunki o'shanda kardinallar yangi papani saylay olmay, jarayonni uch yilga cho'zib yuborgan edilar.
Savol: O'shanda mahalliy xalq saylovni tezlashtirish maqsadida nimani yo'q qilishgan edi?
Javobni ko'rish

Bino tomini Izoh: Odamlar kardinallar tezroq qaror qabul qilishlari uchun binoning tomini ochib qo'yishgan (yomg'ir va sovuq ta'sir qilishi uchun).

Boshqa savollar