Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37209

Zakovat savoli #37209

Abdulaziz Jalilov

XVIII-XIX asrlarda Yevropa monarxlari o'rtasidagi muzokaralar paytida kutilmagan bir muammo yuzaga kelgan. Diplomatik etiketga ko'ra, hech bir hukmdor boshqasidan keyin xonaga kirishni xohlamagan, chunki bu o'zini past sanash deb bilingan. 1659-yilda Fransiya va Ispaniya o'rtasidagi sulh bitimi imzolanishi kerak bo'lgan maxsus bino qurilgan. Me'morlar hukmdorlarning g'ururini saqlab qolish uchun binoning konstruksiyasiga bir xil vaqtda amalga oshiriladigan Ushbu ishni qo'shishgan.
Savol: Hukmdorlar bir-birini kutib qolmasligi uchun bino qanday o'ziga xoslikka ega edi?
Javobni ko'rish

Ikki eshik. Izoh: Binoda qarama-qarshi tomondan ikkita bir xil eshik qilingan, shunda ikki qirol ham bir vaqtda xonaga qadam qo'ygan va hech kim "ikkinchi" bo'lib qolmagan.

Boshqa savollar