Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37204

Zakovat savoli #37204

Abdulaziz Jalilov

Xristianlik san'atida Iyso Masihning tug'ilishi tasvirlangan sahnalarda (vertap) chaqaloqning yonida doim eshak va ho'kiz tasvirlanadi. Injil matnlarida bu hayvonlar haqida deyarli gapirilmagan bo'lsa-da, rassomlar ularni qishning sovuq kechasida chaqaloqni asrab qolish uchun chizishgan.
Savol: Bu hayvonlar chaqaloq Isoga qanday yordam berishgan?
Javobni ko'rish

O'z nafaslari (issiq nafasi) bilan uni isitib turishgan) Izoh: Injilning rasmiy matnlarida bu hayvonlar tilga olinmagan bo'lsa-da, nasroniy an'analariga ko'ra, Iyso Masih sovuq g'orda (oxurda) tug'ilgan. Eshak va ho'kiz o'zlarining issiq nafasi bilan chaqaloq atrofidagi havoni isitib, uni qishki sovuqda muzlab qolishdan asragan deb ishoniladi. Rassomlar bu detal orqali tabiatdagi jonzotlar ham Isoni qutqarishga xizmat qilganini ko'rsatishgan.

Boshqa savollar