Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37203

Zakovat savoli #37203

Qadimda, XVIII-asrda Xiva xonligida har xil og’ir jazo turlari boʻlgan. Shulardan biri-aybdorni tashnalik azobida o’ldirish. Bir tog’ora issiq suvga tuzni ataladay qilib eritib, sovugach jazolanayotganga majburlab ichiriladi va u kuchli chanqoq azobida halok boʻladi. Lekin, baʼzida bunday azobdan bir, ikki kungacha ham jon bermay tirik qoladiganlar uchragan. Ularni xon, saroy mulozimlarining oʻzlari bu qiynoqdan, mavjud boʻlgan bir usul bilan yana saqlab qolgan va bunday baquvvat, sabr-bardoshli odamlarni davlat uchun boshqa xizmatlarda foydalangan.
Savol: Aybdorni bu azobdan yana hayotga qaytaruvchi bu usul qanday boʻlishi mumkin?
Javobni ko'rish

Ular qo’y yog’ini eritib ichirish bilan jazodorni yuqoridagi zaharlanishdan asrab qolgan va baquvvat, chidamli boʻlgani uchun ularni navkarlikka joʻnatishgan. Manba: Oʻzbekiston qahramoni, Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi T.Kayipbergenovning “Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi, “Maman biy afsonasi” kitobidan

Boshqa savollar