Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37010

Zakovat savoli #37010

Abdulaziz Jalilov

Qadimgi Rimda qullar ko'p bo'lgan, ammo ularning kiyimi ozod fuqarolarnikidan deyarli farq qilmagan. Senat qullarga maxsus kiyim kiygazish haqidagi taklifni rad etgan.
Savol: Senatning rad etishi sababi nima edi?
Javobni ko'rish

Agar qullar alohida kiyimda bo'lishsa, ular o'zlarining naqadar ko'p ekanliklarini ko'rib qolishlari mumkin edi Izoh: O'sha paytda Rimda qullar soni ozod fuqarolardan bir necha barobar ko'p edi. Agar ularga bir xil kiyim kiygazilsa, har bir qul ko'chadagi olomonning aksariyati o'zi kabi qullar ekanini ko'zi bilan ko'rib, his qila boshlardi. Buning natijasida ularda o'z kuchiga ishonch paydo bo‘lib, isyon ko'tarishlari mumkin edi.

Boshqa savollar