Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #37009

Zakovat savoli #37009

Abdulaziz Jalilov

Yahudiy qabristonlarida haykallar yoki inson suratini tushirish ta'qiqlangan. Buning o'rniga ramzlar ishlatiladi. Masalan, kitob shaklidagi tosh olim yoki yozuvchi (bilim sohibi) vafot etgan insonni bildiradi.
Savol: Singan daraxt shoxi kimning qabri ustiga qo'yilgan?
Javobni ko'rish

Yosh vafot etgan inson Izoh: Yahudiy an'analarida singan daraxt shoxi hayoti gullagan vaqtida, ya'ni yoshligida bevaqt vafot etgan insonni anglatadi. Daraxtning o'sishdan to'xtashi va shoxining sinishi — tugallanmagan umr hamda amalga oshmagan orzularning ramziy belgisidir.

Boshqa savollar