Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36818

Zakovat savoli #36818

Fransuz kimyo – texnologi Bernar Kurtuaning mushugi bor edi va aynan Sevimli mushugi deyarli hamma vaqt uning yelkasida o’tirardi. Kurtua ko’pincha laboratoriyada tanovul qilardi. Bir kuni tushlik vaqtida mushuk qo’rqib ketib polga sakraydi, ammo laboratoriya stollari ustida turgan shishalar ustiga tushadi. Bir shishaga Kurtua tajribalari uchun etalonda suv o’tlari kulining suspenziyasini (natriy yodididan tashkil topgan), boshqa bir shishada esa konsentratlangan sulfat kislotasini quyib qo’ygan edi. Shishalar sinib ichidagi suyuqliklar qo’shilib ketdi. Poldan o’tkir hidli ko’k va binafsha rangli bug’ ko’tarila boshladi va atrofdagi buyumlarga qora va binafsha rang metall kabi yaltiraydigan kichkina kristalchalar o’tira boshladi. Bu yangi ximiya elementi nima edi?
Javobni ko'rish

Yod

Boshqa savollar