Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36058

Zakovat savoli #36058

Fayzullayev Doniyor

Urg‘ochi qurbaqalar juftlashish uchun ovozi kuchli erkak qurbaqalarni afzal ko‘radi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, evolyutsiya natijasida ovozi zaif qurbaqalar U lardan rezonator sifatida foydalanishga o‘rgangan. Qiziq tomoni shundaki, 2014-yilda U larning birida egasiz Mini Cooper avtomobili topilgan.
Diqqat savol: Uni biri xorijiy bo‘lgan 2 so‘zda yozib bering?
Javobni ko'rish

Kanalizatsiya trubasi Izoh: Ovozini kuchaytira olmaydigan zaif qurbaqalar evolyutsiya orqali aqlini ishlatishni o‘rganishgan. Ular kam ovoz bilan katta shovqin hosil qilish uchun kanalizatsiya trubalariga kirib, u yerda qurillashadi. “Italyancha o‘g‘irlik” filmidagi mashhur sahnada o‘g‘rilar 3 ta Mini Cooper bilan kanalizatsiya trubasi ichida harakat qilishadi. Qizigʻi shundaki , kanalizatsiya trubasidan topilgan egasiz avtomobil ham Mini Cooper bo‘lgan ekan.

Boshqa savollar