Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #36057

Zakovat savoli #36057

Fayzullayev Doniyor

Noyob ortolan qushlaridan maxsus marosimlarda ovqat tayyorlab yeyishayotganda — BU ISHNI QILISHadi. Sababi ba'zi odamlar ushbu qushni isteʼmol qilishni gunoh deb bilishadi. Yo‘ldan adashgan ossuriyaliklarni qutqarishni istamagan Yunus payg‘ambar esa BU ISHNI QILISH uchun kemaning mos joyi bo‘lishi kerakligini o‘ylagan edi.
Diqqat savol: Bu ishni qilish soʻzlari bilan almashgan ikki so‘zni yozib bering?
Javobni ko'rish

Xudodan yashirinmoq Izoh: Ortolan qushlari kichik va nozik bo‘lib, ularni yeyish gunoh deb his qilgan odamlar boshlariga ro‘mol yopib, go‘yoki Xudodan yashirinishga harakat qilishgan. Yunus payg‘ambar esa buyruqni bajarmaslik uchun katta okeanga chiqib ketib, Xudodan yashirinish mumkin deb o‘ylagan edi. Keyin nima bo‘lganini esa hammamiz bilamiz :)

Boshqa savollar