Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35813

Zakovat savoli #35813

Bir kuni Alfred Xeyneken kompaniyaga tegishli zavodlardan biriga tashrif buyuradi va mahalliy kambag‘allarning dahshatli yashash sharoitiga hamda plyajda sochilib yotgan ko‘plab idishlarga ko‘zi tushadi. Uch yildan keyin "Heineken" yon tomoni silliq va burchaklari tekis bo‘lgan 100 mingdan ortiq butilkalar ishlab chiqaradi.
Bu butilkalardan IKS sifatida ham foydalanish mumkin edi. IKSni toping?
Javobni ko'rish

Gʻisht. Izoh: Xeyneken fikricha, bo‘sh idishlardan uy qurilishida g‘isht sifatida ham foydalanish mumkin. Bu yo‘l bilan qurilish materiallari yetishmasligi oldini olsa bo‘lardi.

Boshqa savollar