Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #10942

Zakovat savoli #10942

Biz soʻramoqchi boʻlgan bu soʻzni ruscha so‘z deb o‘ylaymiz. Lekin u asli sharqqa oid, ya’ni arabcha bo‘lib, “maxzan” shakliga yaqin bo‘lgan va boshqa tillarga ko‘chgan. Eshqobil Shukurning “Boboso‘z izidan” kitobida aytishicha, Alisher Navoiyning mashhur “Yigitlikda yig‘ ilmning maxzanin, Qarilik chog‘i xarj qilg‘il ani...” satrlaridagi “maxzan” soʻzi ham shu soʻz. Bu so‘zning shakliga diqqat bilan qaralsa, uning tarkibida “xazina” so‘zining borligini sezish mumkin. Bu so‘zning tub ildizi “saqladi”, “to‘pladi” degan ma’noni anglatgan. Diqqat savol, gap qaysi soʻz haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish

‘‘Magazin’’

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar