Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34996

Zakovat savoli #34996

Tundrada, umuman shimolda asosiy transport - bug'ular. Uzoq va xavfli ekspeditsiyalarga esa it qo'shilgan chanalarda yurishadi.
Diqqat savol. Hurmatli bilimdonlar, nega uzoq safarlarda bug'u emas, itlardan foydalanishadi?
Javobni ko'rish

Bug'u juda baquvvat hayvon. Ammo u o'txo'r. Uzoq yurib charchagan bug'uni xashak bilan kuchini tezda tiklab bo'lmaydi. Itlarning esa bir bo'lak go'sht bilan aktivligini tiklash mumkin.

Boshqa savollar