Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #6999

Zakovat savoli #6999

Hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish zamonida, tobora “smart” ya’ni aqlli texnologiyalarga bo’lgan talab o’sib bormoqda. Aqlli uylar, aqlli transportlar, aqlli jixozlar va hokazo. Yaqinda, yapon olimlari ana shunday o’ziga xos smart uylardan birini yolg’iz keksalar uchun taqdim etishdi. Uylarning o’ziga xosligi shundan iboratki, uylar sun’iy intellektga asoslangan bo’lib, maxsus sensorlar yordamida odamning mavjudligini elektr energiyasi orqali tekshirib turadi. Agar uy egasi elektrdan 20 soat davomida foydalanmasa, unga qo’ngiroq qilinadi. Shunda ham, biror kishi telefonni ko'tarmasa, zudlik bilan rieltor yoki ko’chmas mulkka ma’sul bo’lgan odamga xat yuboriladi. Bunga sabab, Yaponiyada “kodokushi” fenomeniga qarshi kurashish maqsad qilib olingan. Chunki, 2018-yilda birgina Tokioning o’zida 5513ta ana shunday fenomen qayd etilgan. Bunday “smart” uylarni yaponlar - XX asr boshida Iulyam Marston va Jon Larson tomonidan yaratilgan bir moslama nomi bilan biroz farqli ravishda atashgan. Diqqat savol: yakka qariyalar uchun maxsus moslangan uy nomini ikki so’zda aniq yozib bering.
Javobni ko'rish

“o’lim detektori”.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar