Zakovat savoli #34840
Ulamolarning fikricha va rivoyat hadislarda keltirilishicha "bu ish" mos ravishda kuniga (har kuni) 70 marta va 360 marta sodir bo'lar ekan, naqadar qudratli va bu muqaddas, mo'jizaviy ishni hayolingizga keltirsangiz, Allohga shukur va hamdlar aytishingiz aniq, Mashaa Alloh va Subhanalloh. Yordam tariqasida aytish mumkinki, bu ishni gunohlarni qilmasligimiz uchun bir "vosita yoki sabab" desak xato bo'lmasa kerak. Yana bir sabab esa ko'proq zikr qilishimiz va istig'for aytishimizdir. "Bu ish" o'rnidagi so'zlarni toping.
Javobni ko'rish
Alloh taoloning inson qalbiga nazar solishi. Astag'firullohi va autubu ilayhi, Vallohu a'lam. Izoh: Boyazidi Bastomiy hazratlariga murojaat qilgan bir darvesh: «Meni Allohga yaqinlashtiradigan bir amal tavsiya qil», deydi. Boyazidi Bastomiy u kishiga bunday o‘git beradi: «Allohning avliyo bandalarini sev! Ularning ko‘nglini olishga urin! Chunki Alloh taolo har kuni u oriflarning qalbiga 360 marta nazar soladi. Bu nazarlar davomida Alloh seni ham u yerda ko‘rsin».