Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34698

Zakovat savoli #34698

“Uimbldon” turnirining birinchi qora tanli chempioni Artur Esh (1943-1993) qon orqali yuqtirib olgan bir kasallik tufayli oʻlim toʻshagida yotar edi.

Chorasiz holda yotgan Arturga dunyoning toʻrt tomonidagi muxlislaridan tasalli maktublari yogʻilib kela boshladi.
Maktublardan birida shunday savol bor edi:
— Tangri nima uchun bunday yomon kasallik uchun seni tanladi?

Artur shunday javob berdi:
— Butun dunyoda 50 million bola tennis oʻynashni boshlaydi,
ulardan 5 millioni tennis oʻynashni oʻrganadi,
500 ming nafari professional tennischi boʻlib yetishadi,
50 ming nafari turli musobaqalarga qatnashadi,
5 ming nafari xalqaro turnirlarda ishtirok etadi
50 nafari Uimbldonga qadar yetib keladi,
4 tennischi yarim finalga chiqadi,
2 nafari esa, finalga chiqadi...
U shunday javob bergan edi:
Qoʻlimda chempionlik kubogini koʻtarib turib Tangridan “NIMA UCHUN MEN?”, deb biror marta soʻramadim endi esa, ... ... ... .
Jumlani davom ettiring.
Javobni ko'rish

Xastalik berganda qanday qilib “NIMA UCHUN MEN?”, deb soʻray?!

Boshqa savollar