Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34641

Zakovat savoli #34641

Bolalar ustida tajriba o'tkazish bobida 1878-yilning 9-yanvar kuni AQShning Girimdil shahrida dunyoga kelgan ruhshunos Jon Watson ham boshqa vaxshiy ruhshunoslardan qolishgan emas. U 1920-yilda 11 oylik chaqaloq Albert ustida amalga oshirgan tajribasi sababli, AQSh ruhshunoslar assotsiatsiyasi prezidentligidan sharmandalarcha ketishga majbur bo'ladi. Jon Watsonning tajribasi shundan iborat ediki: U chaqaloq Albertga oppoq " X " ni ko'rsatib bolani keyingi harakatini kuzatadi. Bolakay har safar unga qo'lini uzatganda esa aqlsiz ruhshunos chaqaloq Albertning orqasida turib, 2 ta temir buyumni bir-biriga uradi. Bu hol bir necha kun davom qilgandan keyin, chaqaloq Albert oq rangli nimani ko'rsa, undan qo'rqadigan bo'lib qoladi.
Diqqat savol: " X " ni o'rnidagi so'zni toping?
Javobni ko'rish

Oppoq sichqon

Boshqa savollar