Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34640

Zakovat savoli #34640

XIX asrda Amerikaning ayrim shtatlarida, tibbiyot bilim yurtlarida ilmiy tajribalar uchun o'lik tanaga ehtiyoj juda ortib ketadi. Bu davrda Nyu York, Massachusets va Agayo shtatlaridagi qabriston go'rkovlari uchun boyib qolish uchun imkoniyat paydo bo'ladi va ular bu imkoniyatlardan mamnuniyat bilan foydalanishadi. Ya'ni go'rkovlar yangi ko'milgan murdani olib sotishni boshlaydilar. Keyinchalik esa bu sirlari ochilib qolib ko'pchilik go'rkovlar xalq oldida dorga osiladi. 1856-yillarga kelib esa go'rkovlardan natija bo'lmagach, shaxsan talabalarning o'zlari amalga oshira boshlaydi. Biz yuqorida eslatgan shtatlar ma'muriyati shundan so'ng shunday bir ishni buyuradi. Bu esa talabalarga juda katta qiyinchiliklar keltirib chiqarib, o'lik o'g'irlash shundan keyin to'xtagan ekan.
Diqqat savol: Hurmatli bilimdon, o'sha shtatlar ma'muriyati nima qilishni buyurgan-u hatto talabalar ham o'lik murda o'g'irlay olishmagan?
Javobni ko'rish

Biz yuqorida eslatgan shtatlar ma'muriyati Qabristondagi mozorlar ustini temir panjara bilan qoplashni buyurgan ekan.

Boshqa savollar