Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34558

Zakovat savoli #34558

Bir necha yil oldin "GreenPeace" tashkiloti a’zolari mo‘ynasi uchun ov qilinadigan Grenlandiya tyuleni bolalarini brokonyerlar hujumidan saqlab qolish maqsadida yashil ranga bo‘yab chiqishadi. Ovchilar uchun mo‘ynasi buzilgan tyulen bolalari kerak emasdi va shu orqali tashkilotchilar yosh tyulen bolalari hayotini saqlab qolishni maqsad qilishgandi. Dastlab loyiha o‘z samarasini beradi, haqiqatdan ov qilishmaydi. Ammo bir necha kun o‘tib, ular baribir qirilib keta boshlaydi. Ularning o‘limiga nima sabab bo‘lgan?
Javobni ko'rish

Yashil rangga boʻyalgan tyulen bolalari oppoq qorda yaqqol koʻrinadi va yirtqichlar uchun "osh"ga aylanadi!

Boshqa savollar