Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34557

Zakovat savoli #34557

Sloveniyada chop etilgan avtomashinalar tarixi haqidagi ensiklopediyada dastlabki avtomashinalarning paydo bo‘lishidan toki zamonaviy ulovlarga qadar qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Xususan, ensiklopediyaning bir maqolasida ilk paydo bo‘lgan ibtidoiy, sodda mashinalarning XIX asr oxirlariga borib inqilobiy tarzda, keskin rivojlanib ketishiga turli sabablar sanab o‘tilgan. Shunday sabablardan eng asosiysi sifatida aytib o‘tilgan sababda Graf De Dion nomi ham zikr etilgan.
Diqqat savol, aytingchi, ensiklopediyada avtomashinalarning keskin rivojlanishiga asosiy sabab sifatida qanday omil ta’kidlangan?
Javobni ko'rish

Avtopoygalar Izoh: 19-asr oxirlari 20-asr boshlarida ko‘plab nufuzli va katta miqdordagi sovrinli avtopoygalar avj olib ketadi. Ushbu poygalarda g‘alaba qozonish haydovchidan ko‘ra ko‘proq, mashina konstruktorlariga obro‘ olib kelar edi. Aynan mana shu omil avtomobilsozlikda keskin, inqilobiy burilish yasashiga olib kelgan. Graf De Dion o‘sha paytlardagi yirik avtopoygaga asos solgan edi.

Boshqa savollar