Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34405

Zakovat savoli #34405

Bir zumda millionerga aylanib ketgan shaxslar haqida eshitganmiz. Shunday insonlarning biri amerikalik S. Artur. U ham bir soniyada millionerga aylangan. Hammasiga sabab uning chaqqonligi va doimo shay holda ekanligi. Yana bir sababi esa boshqa bir insonning "u baribir ulgurmaydi" deb oʻylashi ekan. Oʻsha inson bu holatni keyinchalik " insoniylik nishonasi " deb izohlagan.
Voqea aslida bunday boʻlgan edi. 3 kishi ziyofatdan qaytar edi. 72 yoshli qariya, doktor Eybolt va uning xotini Eybolt xonim. S. Artur ularni ta'qib qilar edi. Birdan qariyaning niyati buzildiy-u birdan Arturga oʻgirildi. Keyin juda g'alati ish qildi. Aynan shu soniyadan boshlab S. Artur millionerga aylangan edi.
Savol: Qariya nima qilgan edi?
Javobni ko'rish

TILINI CHIQARGAN! Bu qariya Albert Enshteyn edi.

Boshqa savollar