Zakovat savoli #34404
Qadimda og'ir jinoyat qilganlar yoki podshox g'azabiga uchraganlar o'limga hukm qilingan. Maxbus bozor o'rtasi yoki xalq to'planadigan joyda boshi tanasidan judo qilingan. Qiziq tomoni jallodga bo'lajak xizmati uchun o'limga hukm qilingan maxbus "suyunchi" taqdim etgan. Bu suyunchi evaziga jallod maxbusni qiynamasdan, boltasini yaxshilab charxlashi va maxbusning boshini bir zarb bilan tanasidan judo qilishi lozim edi. Taassufki zamon o'zgarib odamlarni madaniyat bilan, dorga osib o'ldirish joriy qilingach ham maxbuslarning ahvoli yaxshilanmadi. Ular shunda ham jallodga suyunchi puli to'lashgan.
Savol: Bu suyunchi evaziga jallod qanday xizmatni amalga oshirgan?
Savol: Bu suyunchi evaziga jallod qanday xizmatni amalga oshirgan?
Javobni ko'rish
DOR ARQONIGA SOVUN SURTISHGAN. Sovun surtilgan arqon ishqalanmay yaxshiroq qisiladi va maxbus osonroq o'lim topadi.!