Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34197

Zakovat savoli #34197

Afandining boyga " Siz axmoq , odam emassiz!" deb aytgan latifasini eshitgansiz.
1954- yilda Abdulla Qahhor ko'plab adiblarni qamatgan, og'ir kunlarga duchor etgan Milchakov ismli kimsani "O'zbek adabiyoti jallodi" deb atagani uchun Markazkomda muhokama qilinadi. O'shanda Milchakov : "-Jallod podshoning yollangan odamidir, demak men sovet hukumatining yollagan jallodi ekanman-da!" - deya adibga jazo berilishini talab qiladi. Majlisda Abdulla Qahhor aytgan gaplarini qaytib oladi. Ammo Milchakovga yangicha nom beradi!
Savol: Qanday nom?
Javobni ko'rish

ODAMXO'R! (kannibalist) "-Men gapimni qaytib olaman- deydi Abdulla Qahhor, - Siz jallod emas ODAMXO'RSIZ! Odamxo'rlarni esa hech kim yollamaydi!"

Boshqa savollar