Zakovat savoli #11487
Abdulla Oripovdan she'r.
Kimningdir boshiga ish tushdi nogoh,
Shayton avradimi – topmadi to‘zim,
Bolalarin yig‘ib chekdi ohu voh,
Kechirmayman dedi, o‘zimni o‘zim.
Jazo ham muhaqqaq bo‘ldi, albatta,
Qismat eshigiga bosh egib bordi.
Seni kechirdilar, deyilgan paytda,
Qayta tug‘ildim, deb dodlab yubordi!
Savol: Ushbu she'r nomini yunoncha so'zda yozib bering.
Kimningdir boshiga ish tushdi nogoh,
Shayton avradimi – topmadi to‘zim,
Bolalarin yig‘ib chekdi ohu voh,
Kechirmayman dedi, o‘zimni o‘zim.
Jazo ham muhaqqaq bo‘ldi, albatta,
Qismat eshigiga bosh egib bordi.
Seni kechirdilar, deyilgan paytda,
Qayta tug‘ildim, deb dodlab yubordi!
Savol: Ushbu she'r nomini yunoncha so'zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Amnistiya