Zakovat savoli #34000
Duplet
1.Ushbu inson XIV asrning oxiri, XV asrning 1-yarmida ijod qilgan shoir bo'lib, o'zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri sanaladi. Ushbu insonning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro", Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug'atayn" asarlari hamda o'zining "Maxzan ul-asror" dostonida berilgan. Ushbu insonning Nizomiy Ganjaviyning "Maxzan ul-asror" asariga javob tarzida yo'llangan, Sulton Iskandarga bag'ishlangan "Gulshan ul-asror" nomli asari bor.
Diqqat savol: Ushbu mashhur insonning kim ekanligini toping?
2.Ushbu mashhur inson 1825-yilda Xivada tug'ilgan.
Ushbu inson o'zbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarixchi, tarjimon va davlat arbobi sanaladi. Ushbu mashhur insonning otasi Abdulla Oxund madrasada mudarris bo'lgan. Ushbu insonning nomini Ogahiy o'zining "Gulshani davlat" kitobiga kirgizgan. Ushbu inson Xiva xoni Sayyid Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II bu insonni mirzaboshilik vazifasiga ko'targan. Rossiya bilan Xiva xonligi o'rtasida imzolangan Gandimiyon sulh shartnomasi aynan ushbu insonning qo'li bilan yozilgan ekan. Ushbu inson keyinchalik saroyda devonbegi, mirzaboshi lavozimlarida ishlagan.

Duplet javoblari bitta postda qabul

Javobni ko'rish
1.Haydar Xorazmiy. 2.Komil Xorazmiy.