Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #33999

Zakovat savoli #33999

Duplet
1.Ushbu mashhur inson 1166-yilda Sayram shahrida tug'ilgan. Ushbu inson tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri sanaladi. Ushbu insonning otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo'lgan. Ushbu inson chig'atoy tilida ijod qilgan.
Diqqat savol: Ushbu mashhur insonning kim ekanligini toping?

2.Ushbu mashhur inson XII asr oxirida Samarqandda tavallud topadi. Ushbu inson turkiy shoir, mutafakkir, yirik adib, hadisshunos va ta'limiy didaktik adabiyot namoyandasi sanaladi. Ushbu mashhur inson Samarqanddagi madrasalarda ta'lim olgan bo'lib, tug'ma ko'r bo'lgan. Ushbu insonning bir asarida Qur'on va hadis hikmatlarining badiiy sharhi hamda ilm o'rganishning foydalari, shirinsuxanlik, kamtarlikning foydalari, takobur, xasislik, achchiqzabonlikning zararlari xususida ham fikr yuritilgan.
Diqqat savol: Ushbu mashhur insonning kim ekanligini toping?

Duplet javoblari bitta postda qabul
Javobni ko'rish

1.Ahmad Yassaviy. 2.Ahmad Yugnakiy.

Boshqa savollar