Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #3332

Zakovat savoli #3332

Qadimgi Fessaliyada asosiy vaqtini jangovor yurishlarda o‘tkizgan qabila yashagan. Qabila erkaklari boshqa hududlarda qaroqchilik, talon-tarojlik, odamlarni o‘g‘irlab garov talab qilish kabi ishlar bilan shug‘ullanishgan. O‘zini qo‘pol tutishi, jahldorligi bilan ajralib turgan bu kishilar obrazi afsona, san’at va adabiyotga ORION obrazida kirib kelgan. Sosiologiya va psixologiya sohasida o‘zaro chiqisha olmaydigan, bir-biriga mos bo‘lmagan birlashma, ittifoq yoki xarakterlar haqida gapirilganida ba’zida ORION fenomeni atamasidan foydalanishadi. Toshkentdagi «Be Back» kafesining tomat sousi, pishloq, piyoz, qazi qo‘shib tayyorlanadigan pitssasi nomida ham ORIONni ko‘rish mumkin.
Diqqat savol: ORION bilan almashtirilgan so’zni yozib bering
Javobni ko'rish

Kentavr

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar