Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #33163

Zakovat savoli #33163

Mariya Sharapovaning yozishicha, uning ota-onasi undan farqli oʻlaroq kalta boʻyli odamlar ekan. U bu faktni xazil aralash holatda oʻzining tugʻilishidan oldin ota-onasini Sibirga qarindoshlarinikiga koʻchib oʻtishga majbur qilgan bir voqea bilan izohlaydi. Oʻsha voqeani toping?
Javobni ko'rish

Chernobil halokati! Izoh: Baxtsiz hodisa paytida Sharapovlar oilasi Chernobilga nisbatan yaqinroq bo'lgan Gomelda yashagan. Keyinchalik buvisinikiga tashrif buyurganida, u o'rmonda qo'ziqorinlarning kattaligiga qoyil qoladi va buni radiatsiya ta'siriga bog'laydi. Oʻz boʻyining 188 smligini esa xazil qilib, onasiga radiatsiya taʼsir qilganiga bogʻlagan.

Boshqa savollar