Zakovat savoli #33162
O‘tgan zamonlarda sharq xalqlarining zodagon oilalari X larni o‘zlariga ramz qilib olishgan. Homilador ayollar ma’lum vaqt davomida soatlab X ga tikilib o‘tirishgan ekan. Ular o‘z tug‘ilajak farzandlarini X dek chaqqon, xushbichim va shaxlo ko‘z bo‘lishiga ishonishgan. Qadimgi Misrliklar X larga «ilohlar qirolichasi» deya sig‘inishgan. X - ?
Javobni ko'rish
Ohu, kiyik