Zakovat savoli #32835
Bundan oʻn yillar avval yaponiyalik Yudzi Yokoya "Toyota Sienna" avtomobiliga oʻtirgan va unda Amerika yoʻllari boʻylab qariyb 85 ming kilometr masofani bosib oʻtgan, shu vaqtning oʻzida u oʻz safarini kundalikka ham yozib boradi. Uning sovetlardan boʻlgan bir hamkasbi ham urush boshlanmasidan oldin shunga teng masofani Moskvaga qadar bosib oʻtgan va muvaffaqiyat qozongandi. Diqqat savol: Bu sovet jamoasi harakatlangan transport vositasining modelini aniq yozib bering?
Javobni ko'rish
Tank T–34. Izoh: Yudzi Yokoya Toyota Sienna avtomobili bosh muhandisi hisoblangan, oʼz avtomobilining kamchiliklarini bilish va ularni yangi modelda toʻgʻrilash uchun oʻzi shu masofani bosib oʻtgan. T–34 ning bosh muhandisi Mixail Koshkin ham ikkita tankda oʻz modeli chidamliligini isbotlash uchun Xarkovdan Moskvagacha boʻlgan masofani bosib oʻtadi.