Zakovat savoli #32004
Baland bo‘y, uzun oyoqlar, yirik ko‘zlar, kichik quloqlar - bir so‘z bilan aytganda, ularda jozibadorlikning barcha elementlari mavjud. Ularning ishi juda og‘ir va shu sababli o‘rtacha 40-60 yosh yashashadi. Sakkiz oy ishlashganidan so‘ng, ularga ta’til beriladi - ba’zilari homiladorligi uchun, ba’zilari esa shunchaki dam olish maqsadida. 25 yillik mehnat stajidan so‘ng, ular pensiyaga chiqishadi. Ularning ishi har doim o‘zini tiyish va diyeta qilishni talab qiladi, agar ular o‘zlarini tiyib yurishmasa tezda ortiqcha vazni paydo bo‘ladi.
Diqqat savol: ularning mehnat jamoasi nima deb ataladi?
Diqqat savol: ularning mehnat jamoasi nima deb ataladi?
Javobni ko'rish
Karvon. Izoh: Gap tuyalar haqida ketayotgan edi.