Zakovat savoli #32804
Oʻzbek afsonasi. Bitta doʻkondor yashagan ekan. U uyalmay va bezbetlarcha tarozidan urib qolib, xaridorlarni aldar ekan. Oxir oqibatda odamlar bu firibgarga jazo ber deb Allohga iltijo qilishibdi. Alloh taolo debdi: "Sen oʻz sharmandagarchiliging dalilini oʻzing bilan abadiy olib yurasan", – va doʻkondorni Unga aylantirib qoʻygan ekan. Uni toping?
Javobni ko'rish
Toshbaqaga. Izoh: Tarozi toshlari toshbaqa toshiga aylangan, uning faqat boshi, qoʻllari va oyoqlari chiqib turgan.