Zakovat savoli #8675
1981-yilda 35 yoshli shoir Murod Rahmon bir xonali uyida yolg‘iz yashar edi. Kunlardan bir kuni uyida osilib turgan ko‘zguga qarab, umri xuddi oqar daryodek o‘tib ketayotganiga alami keladi, ko‘zidan yosh dumalaydi va “bu dunyoda meni ham sevadigan inson bormikin?” deya o‘ylaydi. Xayoliga kelgan bu fikr nurdek charaqlaydi va o‘sha zahoti qo‘liga qalam oladi. Shoirning aytishicha, keyinchalik bu asar o‘zi o‘ylaganidan ham ziyoda mashhurlikka erishadi. Diqqat, savol: gap qaysi asar haqida ketayotganini yozib bering.
Javobni ko'rish
Ajab sirlar