Zakovat savoli #32581
A.S.Pushkin oʻqigan litseyda Koshaniskiy degan professor o'quvchilarga sher yozishni mashq qildirgan. Uning mashg'uloti juda oddiy ko'rinishda bo'lgan. O'zi sherning birinchi qatorini to'qigan, o'quvchi esa ikkinchi qatorni ma'no jihatdan shoirona ibora bilan tugatgan. Tabiiyki, Pushkin bu mashg'ulotda doimo faol bo'lgan. Bir kuni professor shunday sherni oʻqibdi:
Tabiatning botir o'g'loni,
Sharqdan ko'tardi boshin.
Pushkin ushbu sherga Shekspir uslubida javob qaytargan ekan. Javobda litsey o'quvchilarining oddiy muammolaridan biri aks etgan .
Diqqat savol: U qanday javob bergan ?
Tabiatning botir o'g'loni,
Sharqdan ko'tardi boshin.
Pushkin ushbu sherga Shekspir uslubida javob qaytargan ekan. Javobda litsey o'quvchilarining oddiy muammolaridan biri aks etgan .
Diqqat savol: U qanday javob bergan ?
Javobni ko'rish
Tabiatning botir o'g'loni, Sharqdan ko'tardi boshin, Talabada ikki masala : Yo uxlamoq yoki uygʻonmoq .