Zakovat savoli #32328
Polkovnik Jon Everest esdaliklarida shunday qaydlar bor: "Qahraton qish kunlarining birida tibetlik ovchilar meni ovga olib ketishdi. Ularning ovi juda g'aroyib tarzda o'tarkan: to'g' tagida olov yoqib, choyxo'rlik qilib o'tirishdan iborat ekan. To'g'ri, onda-sonda osmonga o'q uzib qo'yishlarini aytmasa, deyarli hech narsa qilmasdan ovlari baroridan kelishining guvohi bo'ldim", deydi Everest.
SAVOL: Mashhur sayyoh ularning omadli ov usulini qanday izohlaydi?
SAVOL: Mashhur sayyoh ularning omadli ov usulini qanday izohlaydi?
Javobni ko'rish
Tog' echkilarining qayerda tunashini bilib olgach, ovchilar pastdan baqir-chaqir qilib, ularni hurkitishadi. Qorong'ida pala-partish harakatdan ular pastga qulayverar ekan. Tog' bag'ridan pastga qulab nobud bo'lgan qo'yu echkilarni ovchilar ertalab terib olavergan.