Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #32327

Zakovat savoli #32327

Nobel mukofotidan tashqari Ignobel mukofoti ham bor. Bu mukofot insonlar uchun xizmat qiluvchi, oilada zarur bo'lgan yangilik yaratgan ixtirochilarga beriladi. Yaqinda yaponiyalik Daisuke Inug 64 yoshida ancha yil oldin yaratgan bir ixtirosi uchun Ignobel mukofotini oldi. Mukofot topshirilayotgan yorliqqa quyidagi so'zlar bitilgan. "1971 yilda qilingan bu ixtiro insonlarga kayfiyat bag'ishlab, ularning yangi qirralarini ochishda yordam bergani hamda oilaga ham yaxshi muhit olib kirgani uchun".
SAVOL: Janob Inut qaysi kashfiyoti uchun bu mukofotga sazovor bo'ldi?
Javobni ko'rish

Ajoyib musiqachi bo'lgan Daisuke Inut 1971 yilda Karaokeni, ya'ni qoʻshiq kuylashga o'rgatuvchi moslamani kashf etdi.

Boshqa savollar