Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #32309

Zakovat savoli #32309

Agata Kristi turmush o'rtog'i bilan Eronda bo'lgan chog'i, Isfaxondagi bir mehmonxonada turganini yozgan. Mehmonxona unchalik yomon emasu, taomnomasi biroz nochorroq ekanini aytadi. Ertalab pirog, tushda qovurilgan go'sht, kechkiga bironta sho'rva. Necha kun yashagan bo'lsa han taomnoma o'zgarmagan. Tag'in eng qizig'i nonushtada ham, tushlikda ham, kechkida ham hozir "Zakovat" sandiqchasida bor bo'lgan narsaning stolga qo'yilishi toqatni-toq qiladi.
SAVOL: Sandiqchada nima bor?
Javobni ko'rish

Qora ikra. Kaspiy dengizida osyotr baliqlari ko'p.

Boshqa savollar