Zakovat savoli #35811
Bir yovuz shoh o‘z xotinini qatl qilishga qaror qilibdi. U o‘zining barcha ko‘ylak va yubkalarida qatl joyiga kelibdi va erining o‘zi qatl hukmini ijro qilibdi, ammo ayol shunda ham omon qoladi. Ushbu aqlli ayol o‘z ko‘ylagidan nima sifatida foydalanib omon qolgan?
Javobni ko'rish
Ayol o‘z kiyimlaridan parashyut sifatida foydalangan. Izoh: Shoh ayolini Buxorodagi Minorai Kalondan tashlashga qaror qilgan. Afsonaga ko‘ra, ko‘ylagi parashyutga aylanib, ayol sakraganda, sekinlik bilan pastga tushgan ekan.