Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35608

Zakovat savoli #35608

Qoraqalpoqlarda qadimda (balki hozir ham) cho'ponlar qo'y-echki boqib yaylovga ketayotganida yonlariga ikkita qovoq idishni olib ketgan. Ulardan birining nomi suvqovoq (suo'qabaq) - bu suv ichish uchun kerak bo'lgan. Ikkinchisining nomi og'izqovoq (ao'izqabaq) deb atalgan.
DIQQAT SAVOL: Og'izqovoqdan nima maqsadda foydalanishgan?
Javobni ko'rish

Qo'y va echkilar tuqqanda birinchi sutini (og'iz sutini) sog'ib olish uchun.

Boshqa savollar