Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31933

Zakovat savoli #31933

Oltiariq bodringi, Quva Anori, Mirzacho'lni qovunini gapirganda Sirdaryoni sabzilarini eslamasak dehqon bobolarimiz xafa bo'lishsa kerak.
Ularning aytishlaricha sabzi urug'larini dalaga sepish odatda Iyul oyida amalga oshiriladi va yangi ekilgan sabzi urug'larini yoz chillasi chiqqunigacha sug'orish hosilni yaxshi bo'lishini ta'minlar ekan. Ekin maydonlariga suv qo'yilganda, to'da - to'da bo'lib turgan qarg'alarni koʻrishimiz mumkin.
Bu holat ham dehqon bobolarimizning aytishicha hosilning unumdorligini oshirishga yordam berar ekan.
Diqqat savol: Bobo dehqonlarimiz qarg'alarni qanday beminnat yordamini aytib o'tishadi ?
Javobni ko'rish

Zararkunanda hasharotlarni terib yeyishi. Izoh: Endigina unib chiqayotgan sabzi ko'chatlari zararkunanda hasharotlar uchun yaxshi yemish. Suv qo'yilganda esa ular yer ustiga chiqishadi, ularni qarg'alar terib yeyishadi va xosilni 70-80% gacha saqlab qolishga yordam beradi.

Boshqa savollar