Zakovat savoli #7378
Qo‘shiqni tinglang:
Suzxotin, suzma xotin,
Ko‘lankasi maydon xotin.
Yomg‘ir yog‘sin, ho‘l bo‘lsin,
Yeru jahon ko‘l bo‘lsin,
Arpa-bug‘doy bosh tortsin,
Kayvonilar osh tortsin…
Suz xotin – qurgʻoqchilik munosabati bilan yomgʻir chaqirish marosimida aytilgan qo‘shiq. “Sus xotin”, “Sut xotin”, “Suv xotin” deb ham yuritilgan. 2019-yilda Bahrom Nazarov “Suzxotin”ning QORAsi haqida, yosh san’atkor Sherzod Sharipov esa OQi haqida qo‘shiq kuyladi.
Savol: “Suzxotin” so‘zining ma’nosi nima?

Javobni ko'rish
Bulut