Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31146

Zakovat savoli #31146

Xitoyliklar shirin taom tanovul qilishni juda ham xush ko‘ruvchi xalqlardan biridir. Aytishlaricha, Xitoyda choyxona va restoranlar kioskalardan ham ko‘p ekan. Shu tufayli ham xitoyliklarning taomxonalarga e’tibori o‘zgacha va ular ham an’analardan xoli emas. Xitoyda, shu bilan birga turli davlatlardagi Xitoy restoranlarida ULARning tutgan o‘rni katta. ULARning soni taomgohning darajasini bildirgan: ULAR qanchalik ko‘proq bo‘lsa, bu joydagi sharoit va xizmat ko‘rsatish shunchalik yuqori bo‘ladi. ULARning rangi ham o‘ziga hos belgi vazifasini bajaradi: agar ULAR ko‘k bo‘lsa, bu yer musulmonlar oshxonasi, agar sariq bo‘lsa, vegeterianlar uchunligini bildiradi va hokazo.
Savol: Xitoy an’analaridan kelib chiqqan holda ULARni toping.
Javobni ko'rish

Xitoy fonarlari, chiroqlari.

Boshqa savollar