Zakovat savoli #11758
Devid Morell qalamiga mansub “Birinchi qon” romani bosh qahramonining yaratilishida Vyetnam urushi daxshatlaridan so‘ng depressiya va uyqisizlikka duchor bo‘lgan harbiylar obrazidan ilhomlanilgan. Morellning fikricha, bosh qahramonning Vyetnamdagi tutqunligiga 1873-yilgi “Jahannamda o‘tgan yoz” she’riy to‘plamining nomi mos metafora bo‘la oladi. Diqqat! 1854-yili Sharlevilda tug‘ilgan asar muallifini yozib bering!
Javobni ko'rish
[Jan Nikolya Artyur] Rembo