Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31108

Zakovat savoli #31108

1918 yili endigina 18 yoshga to'lgan Berlinlik bu etikdo'z yigitchani omadi
kelib, harbiy xizmatdan qolib ketadi. Balki u xizmatga ketganda, o'sha paytda birinchi jahon
urushi hali davom etayotgan edi, urushda oddiy bir jangchi sifatida vafot etib ketishi mumkin edi. U 1972 yili dunyoga mashhur firmaning asoschisi sifatida dafn etiladi. Hurmatli bilimdonlar, sizlardan bu kishining ismi-sharifini emas, uning
dunyoga mashhur firmasi nomini so'ramoqchimiz?
Javobni ko'rish

U firmasini o'z nomi bilan atagan. Oddiy etikdo'z borib-borib dunyoning ko'zga ko'ringan poyabzal magnatiga aylanadi. Uning ismi Adi Dassler. Adidas firmasi asoschisi.

Boshqa savollar