Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #30984

Zakovat savoli #30984

Oliy hukmdarlarning amri doim vojib bo‘lgan. Biz bu qahramonning qismatida ham shunga guvoh bo‘lamiz. U umrbod hukm qilingan tutqunlikdan ozod qilingan bo‘lsada, Oliy hukmdor buyrug‘iga ko‘ra o‘zi hibs qilingan zanjirning bir halqasidan yasalgan uzukni taqib yurishga majbur bo‘lgan. Qolaversa, uzukni ko‘zi ham begona joydan olinmagan. Siz menga bu maxsus uzuk egasini ayting?
Javobni ko'rish

Prometey. Izoh: Uzukka ko‘z u bandi qilingan qoya parchasidan Zevs buyrug‘iga ko‘ra o‘rnatilgan. Bu bilan Zevs Prometey hali ham o‘sha qoyaga bog‘langan degan ishora qilmoqchi bo‘lgan.

Boshqa savollar