Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #30983

Zakovat savoli #30983

Bu inson o‘z davrida dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri hisoblangan. Shaxmatga oid maqolalar chop etadigan jurnalist bo‘lib ishlagan. Sovet shaxmatchilari orasida bir hazil bo‘lgan, unga ko‘ra bu shaxmatchi juda “shirin” shaxmatchi bo‘lgan ekan. Albatta bunday hazil qilinishiga ma’lum bir sabab bo‘lgan. Bu shaxmatchi kim?
Javobni ko'rish

Iogann Sukertort. Izoh: “Suker” so‘zi nemis tilida “shakar” degan ma’noni beradi. Shu sababli hamma sovet shaxmatchilari uni hazillashib shirin shaxmatchi deyishgan.

Boshqa savollar